Домен | yan-al.uz |
IP | yan-al.uz |
Рейтинг |
Yan-al.uz - Yangiyer Akademik Litseyi
Guliston davlat universiteti qoshidagi Yangiyer akademik litseyi dastlab 1989 yilda maktab-internat shaklida tashkil etilgan bo’lib, 1998 yilda unga akademik litsey maqomi berilgan. Akademik litseyda 975 o’rinli o‘quv honalari va 300 o’rinli yotoqhona mavjud. Akademik litseyning vazifasi yoshlarning intellektual qobiliyatini rivojlantirish, o’zlari tanlagan yo’nalishlar bo’yicha chuqur bilim berishdan iborat. Bugungi kunda akademik litsey Respublikamizdagi bir qancha nufuzli Oliy o’quv yurtlari, fan kafedralari bilan hamkorlikda ish olib borib, tajribali, bilimli professor o’qituvchilar tarkibidan iborat «O’quv markazi» faoliyat ko’rsatmoqda. Akademik litsey pedagog jamoasida ham davlat mukofoti sovrindorlari, « Ustoz » va « Iste’dod » jamg’arma grandlari g’oliblari bo’lib ulardan 4 nafari chet davlatlarda malaka oshirgan. Keyingi 5 yil ichida o’qituvchilar tomonidan 4 ta darslik, 7 ta o’quv qo’llanmalari, 50 dan ortiq o’quv-uslubiy qo’llanmalar chop etilgan. Litsey o’quvchilari ham Respublika va xalqaro miqyosda o’tkazilayotgan turli tanlov va konkurslarda faxrli o’rinlarni egallab kelishmoqda. Bunga Rossiya elchihonasi tomonidan o’tkazilgan xalqaro tanlovdagi 5 nafar, « Kelajak ovozi » tanlovida 4 nafar, Respublika fanlar olimpiadasida 9 nafar o’quvchilarning muvoffaqiyatli ishtiroklari, « Barkamol avlod », « Shunqorlar » sport o’yinlarida litsey o’quvchilar jamoasining sovrinli o’rinlarni egallashi misol bo’la oladi.
Добавлено: 2012-07-13 | Просмотров: 4190