Домен | bobirshoh.uz |
IP | bobirshoh.uz |
Рейтинг |
Bobirshoh.uz - Bobirshoh Nurullaev va "Niso" guruhi
Bobirshoh Nurullaev. 1978 yil 2 may kuni Buxoro shahrida tug’ilgan. 1984 yilning 1 sentyabrida birinchi sinfga o’qishga qabul qilingan bo’lajak xonanda 1987 yilda 1 son musiqa maktabining doira sinfida ham qo’shimcha ravishda ta’lim ola boshladi. Tahsil davomida Bobirshoh bir qator tanlovlarda ishtirok etib, faxrli o’rinlarga sazovor bo’ldi. Jumladan San’at g’unchalari, Quvnoqlar va zukkolar tanlovlarini bunga misol qilish mumkin.
Shu jumladan fan olimpiadalarida ham u faol qatnashdi. Maktabni a’lo baholar bilan tamomlagan ijodkor 1992-1996 yillar mobaynida Buxoro tijorat kollejida o’qishini davom ettirdi. Baribir ijodga, san’atga bo’lgan qiziqishlari uning boshqa tanlovini qabul qilmadi, shekilli 1996 yili Bobirshoh Buxoro san’at kollejiga hujjat topshirdi. Imtihonlardan muvaffaqiyatli tarzda o’tgan ijodkor kollejning maqom ijrochiligi bo’limiga o’qishga qabul qilindi. O’qishlari davomida u O’zbekiston Vatanim manim ko’rik-tanlovining viloyat bosqichida ishtirok etib, g’oliblikni qo’lga kiritdi.
1998 yil Bobirshohning hayotida unutilmas voqea sodir bo’ldi ya’ni u shu yili bo’ydoqlik bilan xayrlashib, sevgan yori bilan turmush qurdi.
1999 yildan boshlab esa ijodkorimiz Buxoro san’at kollejida o’qituvchi bo’lib o’z ish faoliyatini boshladi.
2004-2007 yillar unga talabalik davrini taqdim etdi.
Doimo intilishdan to’xtamaydigan qahramonimiz o’sha yillarda Toshkent davlat pedagogika universitetini o’qib, tamomladi.
Bugungi kunda Bobirshohning 4 nafar farzandi bor.

Добавлено: 2012-06-19 | Просмотров: 1936