Домен | tuitkf.uz |
IP | 83.69.139.168 |
Рейтинг |
Tuitkf.uz - Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti Qarshi filiali
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 2 iyundagi PQ -91-son «Axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish to`risida»gi qarori va O`zbekiston Respublikasi Oliy va O`rta maxsus ta`lim vazirligining 2005 yil 14 iyun’ 130-son «Oliy ta`lim muassasalari filiallari to`g’risidagi namunaviy Nizomni tasdiqlash to`g’risida»gi buyrug’i hamda O`zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining 2005 yil 21 iyul’ 07-8/2015 – son taqdimnomasini amalga oshirish maqsadida qarshi shahrida Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Qarshi filiali tashkil etildi.
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filialida 550 dan ortiq talaba tahsil olmoqda. Talabalarning mustaqil ishlashlari, ijodiy ishlar olib borishlari uchun zarur bo’lgan shart-sharoitlar yaratilgan. Bundan tashqari Axborot resurs markazi va o`quv zallari ham talabalar ihtiyorida. Filialda 4 ta fan kafedrasi faoliyat ko’rsatmoqda, 6 ta kompyuter xonalari talabalar xizmatida.
Filialda qavatli talabalar turar joyi ham mavjud bo`lib, bu yerda barcha zamonaviy shart-sharoitlarga ega ma`naviyat xonasi, kutubxona va dam olish xonalari, shuningdek sportning ayrim turlari bilan shug’ullanish uchun trinajyor xonalari ajratilgan.
Filialda talabalar bilan turli ma`naviy-ma`rifiy tadbirlar muntazam o’tkazib boriladi. Milliy bayramlar, Konstitutsiya kuni, Til bayrami, Xalqaro talabalar kuni, Vatan ximoyachilari kuni, Xalqaro xotin-qizlar kuni, Navro’z kabi bayram va mashxur sanalar maxsus tuzilgan ssenariylar asosida, tantanali tarzda nishonlanadi.
Talabalar respublika va xalqaro miqyosda o’tkaziladigan ilmiy-amaliy anjumanlarda faol ishtirok etadilar.

Добавлено: 2012-07-13 | Просмотров: 3570